“Bitiruvchi — 2025” tadbiri davom etmoqda

24.06.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik


2024-2025 oquv yilida universitet bitiruvchilari uchun tashkil etilayotgan tadbirda barcha bitiruvchilar qatori ularning ota-onalari ham ishtirok etayotganidan barchamiz shodmiz.

 “Bitiruvchi — 2025” tadbiri universitetning Madaniyat saroyida otkazilmoqda.  Madaniyat saroyi bayramona bezatilgan. Sahnadagi katta ekranda universitet va “Bitiruvchi — 2025” logotiplari koʼrinib turibdi. 

Universitet rektori boshchiligidagi rektorat azolari hamda ish beruvchi tashkilot rahbarlari kirib kelishadi va oz joylarini egallaydilar. Tantanali musiqa sadolari ostida sahnaga boshlovchi chiqib keladi.

Tabrik uchun rektor Bahodir Mirzayevga so‘z berildi. Bakalavr bosqichini muvaffaqiyatli bitkazib qo‘liga diplom olayotganlarning barchasiga rektorimiz omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Kecha "Yer resurslari va kadastr", "Gidromelioratsiya" va "Iqtisodiyot"  fakultetlarining bitiruvchi talabalari bakalavr diplomini qo‘lga kiritishdi.

Bugungi kun — katta hayot sari tashlangan dadil qadam. Endi har bir bitiruvchi—yurtimiz taraqqiyoti uchun masuliyatni yelkasiga olgan mutaxassis. Axirbugungi bitiruvchilarimiz oddiy bitiruvchi emas, Ozbekistonda birinchi raqamli, dunyo miqyosida esa eng kuchli deya tan olingan dunyoning TOP 500 talik universitetini faxrli bitiruvchilari hisoblanadi. Bu nafaqat universitetimiz bitiruvchilari uchun, balki butun mamlakatimiz uchun ham katta sharafdir. Chunki, dunyo miqyosida eʼtirof etilgan universitetni tamomlagan har bir bitiruvchi — nafaqat oz kelajagi, balki yurtimizning taraqqiyoti, salohiyati va xalqaro nufuzining omiliga aylanadi.

Tadbirlar davom etmoqda.

 

Universitet matbuot xizmati