O‘zbekiston–Germaniya “DEMO HOUSE” laboratoriyasi ochildi!
17.06.2025

Bugun, 17-iyun kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida VEGERA loyihasi doirasida O‘zbekiston–Germaniya “DEMO HOUSE” laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“DEMO HOUSE” — energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan agroo‘rmonchilik xom ashyolaridan foydalanish va yashil texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha innovatsion ilmiy-amaliy markazdir. Loyiha doirasida terak yog‘ochi, tuproq, somon va qishloq xo‘jaligi chiqindilari asosida kam uglerodli qurilish materiallaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Laboratoriya nafaqat ilmiy izlanishlar, balki zamonaviy ta’lim modullari ishlab chiqish va ularni Markaziy Osiyo mintaqasida joriy etishni ham ko‘zda tutadi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Maxkamov Otabek Muxtarovich, Toshkent arxitektura va qurilish universiteti prorektori Rustamxon Xadjayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi O‘zbekiston ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari A.X.Xamzayev, Ebersvalde Barqaror rivojlantirish universiteti va boshqa xalqaro hamkorlar ishtirok etib, o‘z tabrik so‘zlarini bildirishdi.
Tadbirda Germaniya, Xitoy, Vengriya, Qozog‘iston, Yaponiya va Turkiyadan 10 dan ortiq xorijiy mehmonlar qatnashdi









