Xorijiy loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

10.06.2025

#Ilmiy faoliyat #Ta`lim #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

AQSh Davlat Departamenti tomonidan moliyalashtirilgan 5 oylik "Suv xo'jaligini boshqarish mutaxassislari uchun kasbiy Ingliz tili" kursi negizida tashkillashtirilgan 6 kunlik seminar trening o'z faoliyatini tugatdi.

Mazkur seminar trening Michigan davlat universiteti professori Quinn Shannon Donnally tomonidan olib borildi. Har bir kunlik seminar ma'lum bir mavzu doirasida olib borildi. Mavzular sirasiga xalqaro konferentsiyalarda qatnashish qoidalari, nozik jihatlarini muhokama qilish, CVni kamchiliklarsiz rasmiylashtirish, ilmiy maqolalar yozishdagi odatiy kamchiliklar, maqolalarni nashr etishda ahamiyat berilishi lozim bo'lgan jihatlar va h.k. 

Qatnashuvchilar  bahs-muzokaralarda faol ishtirok etishdi. Seminar trening so'ngida tinglovchilar sertifikat bilan taqdirlanishdi.

Bundan tashqari, 9-iyun kuni Dr. Quinn Shannon loyiha "O'qitish nazariyasi va metodikasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari uchun ham trening o'tkazib berdi. Seminarda AQSh ta'lim tizimida xorijiy til bo'yicha talabalarni baholash tizimi batafsil yoritib berildi. Shu bilan birga, xorijiy til o'rgatish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar berilib, ilovalar tushuntirildi. 

Seminar so'ngida Ekologiya va huquq fakulteti dekani H.Pirmatov hamda kafedra mudiri G.Sabirovalar Dr. Quinn Shannonga o'z minnatdorchiliklarini bildirib, tashakkurnoma hamda universitet nomidan esdalik sovg'alar hadya etishdi.

Bu kabi xorijiy hamkorliklar bardavom bo'lishiga umid qilamiz!