“TIQXMMI” MTU delegatsiyasi Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi Qurg'oqchilikning oldini olish institutiga tashrif buyurdi

09.06.2025

#Ta`lim #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

Joriy yilning 4-iyun kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori professor Shuhrat Shokirov hamda Xalqaro reyting bo’limi boshlig’i Ilxom Abduraxmanov Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi Qurg'oqchilikning oldini olish instituti va HEPA Vengriya eksportini rag'batlantirish agentligiga tashrif buyurdilar.

Ikki tomonlama uchrashuvda Vengriya tomonidan Qurg'oqchilikning oldini olish instituti direktori va HEPAning Xalqaro va barqarorlik masalalari bo’yicha ofisi rahbari Dr. Orlosh Laslo, institut cabinet boshlig’I Geza Gonda, HEPA loyiha menejeri Indiko Gonz hamda Vengriya qishloq xo’jaligi va tabiiy fanlar universiteti Xalqaro aloqalar direktorati ijrochi direktori David Bekesi ishtirok etdi.

Tashrif davomida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirish yo’llari muhokama qilindi. Institut tomonidan e’lon qilinadigan navbatdagi ilmiy loyihalar tanlovida qatnashish, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlardagi universitet va tashkilotlar, jumladan, Vengriya qishloq xo’jaligi va tabiiy fanlar universiteti bilan hamkorlikda qishloq xo’jaligi, qurg’oqchilikka qarshi kurashish, suv-tejamkor texnologiyalardan foydalanish bo’yicha ilmiy loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi Qurg'oqchilikning oldini olish instituti va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumini imzolash masalasi ham muhokama qilindi.