Vengriyaning Obuda universitetiga tashrif amalga oshirildi

09.06.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

2025-yil 2-iyun kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Xalqaro reyting bo’limi boshlig’i va universitetning Vengriya bilan hamkorlik bo’yicha mas’ul xodimi Ilxom Abduraxmanov hamda Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi assistetni Xojiakbar Xasanov Obuda universitetining Alba Regia fakultetiga qarashli Geoinformatika institutiga tashrif buyurishdi. Tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda Obuda universitetidan fakultet dekani o’rinbosari, muhandislik instituti direktori va universitetning Markaziy Osiyo bo’yicha koordinatori Monika Pogatnik, Geoinformatika instituti direktori Andrea Podor va Erasmus+ dasturi koordinatori Piter Udvary ishtirok edi.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad – ilmiy sohada, xususan masofadan zondlash va qurg‘oqchilikni xaritalashtirish sohalarida o’zaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat edi. Muzokaralar davomida oldin amalga oshirilgan qo‘shma loyihalar ko‘rib chiqildi, kelajakda birgalikda ilmiy loyihalar tayyorlash, ilmiy maqolalar yozish va konferensiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashish rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki universitet o’rtasida Geodeziya va Geoinformatika mutaxassisligi bo’yicha qo’shma magistraturani yo’lga qo’yish imkoniyatlari ko’rib chiqildi.

Mazkur tashrif xalqaro akademik hamkorlikni yanada chuqurlashtirib, kelajakdagi muvaffaqiyatli ilmiy tashabbuslar uchun mustahkam zamin yaratdi.