Ishlab chiqarishda himoya

05.06.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik


Joriy yilning 5-iyun kuni “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedraga tegishli boʻlgan “60711400Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xoʻjaligida)” ta’lim yoʻnalishining bitiruvchi 4-bosqich talabalari bitiruv malakaviy ishlarini ushbu kafedra bilan oʻzaro hamkorlik olib borayotgan “Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi” ga tegishli TashGRES nasos stansiyasida davlat attestatsiya komissiyasi raisi va a’zolari, kafedraning mudiri R.Gazieva, kafedra professor-oʻqtuvchilari va shu nasos stansiyasining boshligʻi  I.Abzalov  ishtirokida zoom  va youtube platformalarida jonli efirda himoya qildilar. Tadbir davomida bitiruvchi kurs talabalari 4-yil davomida olgan bilimlari namoyish etdilar.