Olmaota shahrida “Yevrosiyo-Tinch okeani universitetlar tarmog’i" tashkilotining mintaqaviy yig’ilishi o’tkazildi

05.06.2025

#Ta`lim #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

Joriy yilning 29-may kuni Qozog’istonning Olmaota shahrida joylashgan Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy agrar universitetida (KazNU) “Yevrosiyo-Tinch okeani universitetlar tarmog’i" (Eurasia-Pacific Uninet) tashkilotining mintaqaviy yig’ilishi tashkil etildi. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti ushbu tashkilotning a’zosi hisoblanib, mazkur yig’ilishda tashkilotning universitetdagi vakili, Xalqaro reyting bo’limi boshlig’i Ilxom Abduraxmanov ishtirok etdi.

Yevroosiyo-Tinch okeani universitetlar tarmog’i (EPU) Avstriya akademik tarmog‘i bo‘lib, Avstriya va Osiyodagi universitetlar, tadqiqotchilar va o‘qituvchilarni bir-biri bilan bog‘laydi. Yevroosiyo-Tinch okeani universitetlar tarmog’i – tadqiqot va ta'lim sohasida qo'shma takliflarni ishlab chiqish, mobillik tizimlarida qatnashish hamda nashrlar va konferensiyalar orqali bilim, tadqiqot va tajribalarni almashish uchun aloqa asoslari yaratilgan ko'p tomonlama akademik hamkorlikni ta'minlovchi platforma hisoblanadi.

Yig’ilish boshlanishidan avval ishtirokchilar uchun KazNUdagi turli markaz va laboratoriyalarga tur tashkil etilib, universitet foliyati tanishtirildi.

Yig’ilishni EPU prezidenti professor Jozef Shtrobl hamda KazNU rektori, professor Jansait Tuimebayev ochib berdi. Unda tashkilotning faoliyati natijalari va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinib, tashkilot a’zolari tomonidan tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

Yig’ilish davomida EPU prezidenti, Avstriya-Markaziy Osiyo markazi ACA*GIScience direktori, GISCA xalqaro konferensiyasi asoschisi, Avstriya Fanlar akademiyasi a’zosi, Zalsburg universiteti professori Jozef Shtrobl hamda ACA*GIScience co-direktori, I.Razzakov nomidagi Qirg‘iziston davlat texnika universiteti Geodeziya va geoinformatika kafedrasi mudiri, professor Akilbek Chimirovning Markaziy Osiyoda Geoinformatikani rivojlantirishda qo’shgan munosib xissasi e’tirof etilib, ular KazNU rektori tomonidan Al-Farobiy oltin ordeni bilan taqdirlandi.