“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Xitoyning Xi’an University of Technology o‘rtasida qo‘shma laboratoriya tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi
04.06.2025

Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Xitoyning nufuzli oliygohi — Xi’an University of Technology vakillari universitetimizda bo‘lishdi.
Uchrashuv davomida
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Bahodir Mirzaev hamda
Xi’an University of Technology vitse-prezidenti ZHANG Xiaohui o‘rtasida o‘zaro anglashuv
memorandumi asosida "Gidroenergetika ilmiy-innovatsion Xitoy-O‘zbekiston qo‘shma
laboratoriyasi” tashkil etish bo‘yicha rasmiy kelishuvni imzoladilar.
Ushbu laboratoriya
doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik olib boriladi:
- Gidroenergetika
va mikro GES samaradorligini oshirish;
- Aqlli qishloq
xo‘jaligi texnologiyalari;
- Tuproq sho‘rlanishiga
qarshi kurashish va ekologik muhitni tiklash;
- Muqobil energiya,
jumladan gidroenergetik resurslardan foydalanish;
- Qo‘shma ilmiy
tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;
Muzokaralar
yakunida tomonlar mazkur hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona
munosabatlarni mustahkamlashi, shuningdek, xalqaro ilmiy salohiyatni oshirishga
xizmat qilishini ta’kidladilar.











