Bitiruv malakaviy ishining himoyasi-gidrologiya sohasi bilan uyg’unlikda

04.06.2025

#Ta`lim #Yangilik

Joriy yilning 4-iyun kuni O’zbekiston “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasida "Gidromelioratsiya" fakulteti Gidrologiya (Daryo va suv omborlari ta’lim yo’nalishi) 4-bosqich talabalarining bitiruv oldi diplom himoyasi bo’lib o’tdi.

Tadbirda “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professor o’qituvchilari  xususan, professor Gapparov Furqat Axmatovich, kafedra mudiri  dotsent Ro’ziyev Ilhom Mahmudovich, assistent Jumabayeva Gulnora Usmanbayevna, assistent Hamroqulov Jasur Sayli o’g’li  hamda  Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetidan professor  Adenbayev Baxtiyor Embergenovichlar ishtirok etdilar. Bitiruvchi yoshlar o’zlarining dissertatsiya mavzusi doirasida erishgan bilim va yangiligini imtihon hay’ati a’zolariga batafsil yoritib berdilar.  Ko’tarinki ruhda o’tgan savol javoblardan so’ng professor o’qituvchilar yosh olimlarga ilm hamda hayot yo’lidagi sinovlarga muvaffaqqiyatlar tilab ularga bir qancha hayotiy yo’l-yo’riq va maslahatlar berishdi.

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI