Samarali yakuniy natijalar

04.06.2025

#Ilmiy faoliyat #Ta`lim #Yangilik

2.06.-3.06.2025 yil 2024/2025 o‘quv yili uchun Nizomiy nomidagi O’zbekiston Milliy pedagogika universitetida 60110100-Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta'lim yo‘nalishi, hamda 70110104-Testologiya va pedagogik o‘lchovlarni baholash, 70-110102-Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning Davlat Attestatsiya Komissiyasi tomonidan bitiruv malakaviy ishlarining ximoyasi tashkil etildi.

Bitiruv malakaviy ishiga Davlat Attestatsiya komissiyasi raisi sifatida «Professional ta'lim» kafedra professori, pedagogika fanlari doktori Ismailova Zuxra Karabayevna va a'zo sifatida pedagogika fanlari doktori, dotsent Mustafayeva Durdona Asilovna qatnashdilar.

  1. Bitiruv malakaviy ishi himoyasi belgilangan ta’lim standartlari va metodik talablarga asosan tashkil etildi. Himoya jarayonida talabalar o‘z tadqiqot ishlarining asosiy maqsadi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati, tahlil usullari hamda xulosa va takliflarini bayon etishdi.
  2. Himoya jarayonini baholash uchun tashkil etilgan Davlat attestatsiya komissiyasi tarkibiga fan doktorlari, professorlar, dotsentlar va pedagogika sohasida katta tajribaga ega mutaxassislar jalb etildi. Komissiya a’zolari tomonidan savollarga javob berildi. Himoya muvaffaqiyat bilan yakunladi.