Ta’limda fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

04.06.2025

#Yangilik

Joriy yilning 2-iyundan, 26-iyulgacha “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi, 60530800 - Gidrologiya (Daryo va suv omborlari gidrologiyasi) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining ishlab chiqarish amaliyoti tashkil qilingan. Talabalar sohaga tegishli korxona va tashkilotlarda nazariy olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlab, olgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Ta’lim yo‘nalishining barcha talabalari Universitet rektorining tegishli buyrug‘iga asosan korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotlarini boshladilar.