Tematik klaster yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit sohasida Erasmus+ loyihalarining barqarorligi muhokama qilindi

30.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yilning 28-29-may kunlari Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit sohalarida Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) loyihalarining barqarorligiga bag‘ishlangan tematik klaster yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Erasmus+ milliy ofisi hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamkorligida tashkil etildi.

  Uchrashuvda CBHE loyihalarining mahalliy koordinatorlari va jamoa a’zolari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi vakillari, xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassislar, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qarashli institutlar tadqiqotchilari va boshqa oliy ta’lim manfaatdor tomonlari ishtirok etdi.

  Tadbir davomida "Markaziy Osiyo universitetlari uchun yashil bitim" (GDCAU) loyiha menejeri Iqboljon Bozarov ma’ruza qildi. U loyihaning maqsad va vazifalari, jumladan, qishloq xo‘jaligi ta’limi va tadqiqotlarida ekologik barqarorlikni ilgari surish, yashil texnologiyalarni joriy etish va universitetlar o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish haqida batafsil ma’lumot berdi.

  Bozarovning ta’kidlashicha, "Yashil bitimlar markazlari"ni tashkil etish Yevropa tajribasi va ilg‘or amaliyot asosida ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, u GDCAU loyihasida ishtirok etayotgan Yevropa va Osiyodagi hamkor universitetlar haqida ma’lumot berdi.

  Otmechalos, chto pri Natsionalnom issledovatelskom universitete "TIQXMMI" budet sozdan sentralniy sentr Green Deal, kotoriy budet slujit regionalnim koordinatsionnim xabom. Bundan tashqari, butun mintaqa bo‘ylab bilim va tajriba almashish maqsadida Osiyoning boshqa 10 ta universitetida ham shunday markazlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

  Sessiyaning yakuniy qismida Iqboljon Bozarov ishtirokchilarning savollariga javob berib, GDCAU loyihasining uzoq muddatli ta’siri va barqarorligi bo‘yicha fikr almashdi.