Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
28.05.2025

Bu yil 1 ming 619 kilometr ichimlik suvi, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortish, 162 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Bularning natijasida 715 ming aholiga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetib boradi, yana 400 ming nafari oqova xizmati bilan qamrab olinadi.
Mutasaddilar shu boradagi ishlarning bajarilishi bo‘yicha axborot berdi.
Xalqaro moliya institutlari ishtirokida 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu yil 800 million dollarlik ishlarni bajarib, 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Suv ta’minoti tizimini raqamlashtirish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 125 million dollar jalb qilingan. Bu loyiha doirasida besh yilda yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga 4 ming 800 ta "aqlli" hisoblagich va qariyb 3 mingta telemetriya tizimi o‘rnatiladi.





