Oila muqaddas

21.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Oila har bir jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo‘ladi. Aksincha, oilalarda parokandalik, buzg‘unchilik bo‘lsa, o‘sha jamiyat buziladi, tinchi yo‘qoladi, oqibatda chuqur tanazzulga yuz tutadi. Baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga keladi.

  Joriy yilning 21 - may kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, fakultet tyutori D.Xursandova, xotin–qizlar masalalari bo‘yicha psixologi D.Yusupova va tarbiyachi pedagog N.To‘raqulovalar  tomonidan 1-talabalar turar joyida yashaydigan talaba qizlar bilan "Oila muqaddas" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Psixolog D.Yusupova tomonidan"Sharqona oila" mavzusida so‘rovnoma ham o‘tkazildi. 

  Oila – bu muqaddas dargoh. Uni asrash, mustahkamlash, mehr va hurmat ustida barpo etish har bir insonning burchidir. Oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham barqaror bo‘ladi. Talaba qizlarga keng tushunchalar berildi. O‘tkazilgan suhbatdan talabalar o‘zlari uchun manfaatli bo‘lgan tavsiyalarga ega bo‘lishdi. 

“GTQ” fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va tyutor D.Xursandovalar axboroti

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati