Ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik
20.05.2025
2025-yil 15-16 may kunlari “TIQXMMI” MTU bilan O‘zR FA G.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti o‘rtasida tuzilgan memorandum asosida “Mexanika va kompyuterli modellashtirish” kafedrasida kafedra mudiri, O‘zR FA akademigi, t.f.d., prof. M.Mirsaidov rahbarligida dots. Sh.O.Xudaynazarov, dots. J.A.Yarashov, ass. I.Hazratqulovlar hamda O‘zR FA G.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti xodimlari A.Rahmatov, A.Avazovlar hamkorlikda “TIQXMMI” MTU “Mexanika va kompyuterli modellashtirish” kafedrasi qoshida faoliyat yuritayotgan ilmiy laboratoriyaning seysmoplatformasida modellashtirilgan grunt to‘g‘onining dinamik holatini baholash maqsadida hamkorlikda tajriba-sinov ishlarini olib borishdi. Tajriba davomida “Mexanika va kompyuterli modellashtirish” kafedrasining “FORTIMUS” akselerometrlari, O‘zR FA G.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining “TROMINO”, “ETNA” akselerometrlaridan foydalanilib grunt to‘g‘onining har xil chastotalardagi tebranishlari, zarba ta’siridagi tebranishlari o‘rganildi. Tajriba-sinov natijalarini tahlil qilish orqali grunt to‘g‘oni modelining deformatsiyalanish holati, to‘g‘onning tashqi kuchlar ta’siridagi ko‘chishlari, tezliklari, tezlanishlarini aniqlandi.
Tadqiqotlar davomida ilmiy tadqiqotchilar tomonidan foydalanilayotgan “FORTIMUS”, “TROMINO”, “ETNA” akselerometrlarining asosiy xususiyatlari, foydalanish tartibi, afzalliklari haqida o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.
Hamkorlik ishlarini hozirda “Mexanika va kompyuterli modellashtirish” kafedrasida zamonaviy dasturlar yordamida kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatlari tekshirilayotgan Pskom, Chorvoq, Tupalang, Hisorak va boshqa suv omborlari to‘g‘onlarida ham tajriba-sinov ishlarini hamkorlikda o‘tkazish, hamkorlikda Davlat granti dasturlari, xo‘jalik shartnomalarini bajarish bo‘yicha kelishib olindi.
“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti
Universitet matbuot xizmati