Millat Umidi universiteti rektori , IELTS ADP asoschisi, motivator va taniqli tadbirkor — Umid Ishmuhammedov bilan uchrashuv

19.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy

2025-yilning 19-may sanasida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetiga yurtimizning taniqli tadbirkorlaridan biri, Millat Umidi universiteti rektori, IELTS IDP va xalqaro grantlar bilan ishlovchi Edu-Action asoschisi Umid Ishmuhammedov tashrif buyurdi.


Uchrashuv davomida Umid Ishmuhammedov o‘zining boy tajribasi, tadbirkorlikdagi qiyinchiliklar va ta’lim sohasidagi faoliyati haqida ajoyib fikrlarini bildirdi. Talabalar bilan bo‘lgan ochiq muloqotda u talabalik davri, ta’lim, muvaffaqiyat sari yo‘l va xalqaro grantlar uchun imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.


Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan turlicha savollarga ochiq va atroflicha javoblar berildi. Umid Ishmuhammedov o‘z faoliyati davomida duch kelgan muammolar va ularni qanday qilib yenggani haqida ham samimiy hikoya qilib, yoshlardan qimmatli maslahatlarini ayamadi.


🎁Uchrashuv so'ngida Umid Ishmuhammedov eng faol qatnashgan talabamiz - Salimova Sevaraga IELTS ni bepul topshirishga yo'llanma berdilar


Mazkur uchrashuv talabalarga katta motivatsiya, turlicha qarashlar va amaliy maslahatlar baxsh etdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning intellektual salohiyati va tashabbuskorligini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.