Dissertatsiya muhokamasida

19.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 17-may kuni “Professional ta’lim” kafedrasi mudiri Muqumova Dilrabo Inatovna raisligida kafedra professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlari ishtirokida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali tadqiqotchisi Hafizov Erkin Alimboy o‘g‘lining 13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Energetika yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

  Hafizov Erkin Alimboy o‘g‘li tomonidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha uning asosiy g‘oyalari va mazmunini aks ettiradigan jami 23 ta ilmiy-uslubiy, shu jumladan 1 ta o'quv qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta maqola, shundan, 3 tasi Respublika, 1 tasi xorijiy jurnallarida nashr etilgan, shuningdek tadqiqot natijalari 6 ta xorij va 8 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda muhokamadan o‘tkazilgan hamda 4 ta O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi guvohnomasi olingan. 

  13.00.05 Kasb-hunar ta'limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Energetika yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi tinglovchilar tomonidan eshitilib qizg‘in savol javob tarzda bo‘lib o‘tdi hamda bir ovozdan keyingi bosqichga tavsiya berildi. Hafizov Erkin Alimboy o‘g‘liga kelgusi himoyalarda ham omad tilab qolamiz.

Tayanch doktorant Z.Temirova axboroti

Universitet matbuot xizmati