“Xorijiy tildan kasbiy ustuvorlik maqsadida foydalanish tendensiyalari” mavzusida birinchi xalqaro talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

17.05.2025

#Tadqiqotlar

Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi tomonidan “Xorijiy tildan kasbiy ustuvorlik maqsadida foydalanish tendensiyalari” mavzusida birinchi xalqaro talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.


Mazkur anjumanda xorijiy va mahalliy OTM talabalari ishtirok etib, ingliz tilining nofilologik ta’lim yo‘nalishlaridagi o‘rni, kasbiy sohada chet tillaridan foydalanish imkoniyatlari va zamonaviy tendensiyalar borasida taqdimotlar bilan qatnashdilar.


Ilmiy-amaliy anjuman doirasida interaktiv seminarlar hamda xorijiy va mahalliy talabalar ishtirokida “WorkShop”lar tashkil etildi. Tadbir yoshlarning xorijiy tillarda erkin fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.


Tadbirda universitet rektori, professor Bahodir Mirzayev ishtirok etib, yoshlarga ilmiy faoliyatda xorijiy til bilishning ahamiyati, xalqaro hamkorlikdagi o‘rni va kelajak kasblari uchun bu yo‘nalishning dolzarbligi haqida fikr bildirdi.


Ushbu anjuman talabalarning bilim va salohiyatini namoyish etish, tajriba almashish hamda xalqaro miqyosdagi muloqot madaniyatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.