O‘zbek va Turkman xalqlarining urf-odatlari, milliy an’analari va do‘stona qadriyatlarini aks ettiruvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
17.05.2025

O‘zbek va Turkman xalqlarining urf-odatlari, milliy an’analari va do‘stona qadriyatlarini aks ettiruvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida tahsil olayotgan Turkmanistonlik talabalar tashabbusi bilan O‘zbek va Turkman xalqlarining urf-odatlari, milliy an’analari va do‘stona qadriyatlarini aks ettiruvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ikki xalqning do‘stona munosabatlari, tarixiy va madaniy yaqinligi haqida so‘z yuritildi. Talabalar tomonidan turli sahna ko‘rinishlari, milliy qo‘shiqlar, raqslar, an’anaviy kiyimlar namoyishi tashkil etildi.
🇺🇿Tadbirda universitet rektori, professor Bahodir Mirzayev ishtirok etib, Turkmanistonlik talabalarning tashabbusini yuqori baholadi hamda o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tkazilgan bunday tadbirlar universitetdagi ko‘p millatli muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, milliy asrab-avaylash va turli millat vakillari o‘rtasidagi hamjihatlikni rivojlantirishga xizmat qildi.











