“Green Deal for Central Asian Universities” loyihasi bo‘yicha ilk seminar bo‘lib o‘tdi

17.05.2025

#Xalqaro hamkorlik

Yevropa va Markaziy Osiyoning 13 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etayotgan “Green Deal for Central Asian Universities (GDCAU)” xalqaro loyihasining ochilish seminari 2025-yil 11–14-may kunlari Germaniyaning Bremen shahrida joylashgan Constructor Universityda bo‘lib o‘tdi.


Mazkur loyiha ekologik barqarorlikni ta’lim tizimiga integratsiya qilish, yashil kelajak sari oliy ta’lim tizimini yo‘naltirishni maqsad qilgan.


Seminar davomida:

Loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlarning amalga oshirilgan qismi va kamchiliklar muhokama qilindi. Yozgi davr va yangi o‘quv yili uchun universitetlarga xos ishchi rejalar ishlab chiqildi. Tadbirda Constructor University rahbariyati, jumladan professor Tomas Auf der Heyde , loyiha koordinatorlari Isak Frumin, Dinara Jaxinbek (ETU) va boshqa ishtirokchilar ma’ruzalar bilan qatnashdi.


O‘zbekiston nomidan universitetimizdan koordinator Sherzod Raxmonov va loyiha menejeri Iqboljon Bozarov onlayn tarzda ishtirok etishdi.