Sharqona oila

17.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 17-mayda "TIQXMMI" MTU 3-TTJda talaba qizlar bilan "Sharqona oila" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixolog D.Yusupova hamda "Professional ta’lim" kafedrasi dotsenti F.Sodiqova ishtirok etdi. Talaba qizlarimizdan oila to‘g‘risida psixologik so‘rovnoma o‘tkazildi. 

  Oila muqaddas — bu inson hayotidagi eng muhim qadriyatlardan biridir. Oila nafaqat jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, balki har bir insonning tarbiyasi, qadriyatlari, axloqiy fazilatlari shakllanadigan maktabidir.

  Oila insonning birinchi tarbiya maskani bo‘lib, halollik, vatanparvarlik, odob-axloq kabi qadriyatlar avvalo oilada singdiriladi.

  "Oila – bu hayot daraxtining ildizi, daraxt ildizsiz yashay olmaganidek, inson ham oilasiz baxtli yashay olmaydi." Davra suhbatida keng tushunchalar berildi 

Xotin- qizlar masalalari boyicha psixolog D. Yusupova  axboroti

Universitet matbuot xizmati