Mohir qo‘llar ko‘rgazmasi
17.05.2025

2025-yil 16-mayda “Yer resurslari va kadastr” fakultetida “Mohir qo‘llar” ko‘rgazmasi o‘tkazildi. “Yer resurslari va kadastr” fakultetida talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda milliy hunarmandchilik an’analarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mohir qo‘llar” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Ushbu tadbir talabalarning fanlararo bilimlarini hayotda qo‘llash qobiliyatini oshirish, estetik tafakkurini rivojlantirish, hamda yaratuvchanlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga qaratilgan.
Ko‘rgazmada talabalar o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan liboslarni, milliy naqshli to‘qimalar boshqa ijodiy ishlar namoyon qilindi. Ayniqsa, Dilnura Muxammadovaning o‘z qo‘li bilan yaratgan kashtasi eng yaxshi deb topildi.
Tadbir fakultetda ta’lim sifatini oshirish, talabalarni ilmiy-amaliy faoliyatga jalb qilish hamda ularda kasbiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi. “Mohir qo‘llar” ko‘rgazmasi orqali talabalar nafaqat o‘z ishlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, balki o‘zaro tajriba almashish, ijodiy muhitda faol ishtirok etish kabi muhim mahoratlarni ham egalladilar. Bugungi tadbirda ishtirok etgan barcha talaba qizlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
YRK fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati



