Kursdoshlar uchrashuvi

17.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 2025-yil 15-may kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetini bundan 50 yil oldin tugatgan kursdoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

  Uchrashuvda “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani dotsent Q.Shavazov mehmonlarga universitetning tarixi, hozirgi kundagi yutuqlari va kelajakdagi rejalari bo‘yicha ma’lumotlar berdi. Universitetda tashkil etilgan uchrashuvda ustoz professorlar M.Shoumarova va T.Abdillayev bilan talabalik davrlarini yodga olib maroqli suhbatlashdilar. 

  So‘z boshlagan professor М.Shoumarova “Bitirganga ham mana 50 yil bo‘libdi, Respublikadagi oliy o‘quv yurtlari orasida 1-o‘rinni egallab turgan tabarruk dargohni bitirganlar doimo faxrlanib yuradilar” - deb fikr bildirdi. Bitiruvchilar o‘z so‘zlarida uchrashuvga kelganlarni kutib olish va ustozlar bilan uchrashuvni yaxshi tashkil etilganligi uchun universitet rahbariyati va tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.  

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari dotsenti A.Borotov Axboroti

Universitet matbuot xizmati