Gender konsepsiyasi - hamkorlik mahsuli
16.05.2025

Ma’lumki, Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish Milliy loyihasi” doirasida so‘nggi yillarda sohada bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “O‘zbekistonda suv sektori-Gender Konsepsiyasi (2025-2030 yillarga)” mo‘ljallangan suv xo‘jaligi sohasida Gender konsepsiyasi ishlab chiqildi, tasdiqlandi qabul qilindi. Gender konsepsiyasining maqsad va vazifalari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida loyiha doirasida joriy yilning 16-may kuni Gender konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi hamda rivojlanish bo‘yicha hamkor tashkilotlar ishtirokida Suv xo‘jaligi vazirligi Gender kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga turli manfaatdor tashkilotlar hamda rivojlanish bo‘yicha hamkorlar, shu bilan birga milliy tadqiqot universiteti tomonidan professor, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Ismailova Zuxra Karabayevna ham onlayn o‘z fikr mulohaza va takliflari bilan qatnashdi





