Xitoyda O‘zbekiston madaniyati namoyish etildi

13.05.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

  Yer resurslari va kadastr fakulteti magistratura bosqichi talabalari — Rustambek Qodirov, Abdullajon Davlatov, Nodiraxon Baxriddinova, Nozima Bokieva va Oybek Tuxtamishov — ayni paytda Xitoyning Xidian universitetida talabalar almashinuvi dasturi doirasida amaliyot o‘tamoqdalar.

  1-may kuni Xitoyda nishonlanadigan Labour Day (Mehnat bayrami) munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro talabalar festivalida ular faol ishtirok etdilar. Ushbu tadbirda talabalarimiz o‘zbek xalqining milliy taomlari, an’analari va boy madaniy merosidan namunalar taqdim etib, chet ellik ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

  Bu kabi xalqaro tadbirlar nafaqat o‘zaro do‘stlikni mustahkamlash, balki mamlakatimiz madaniyatini dunyoga tanitish imkoniyatini ham yaratadi. Talabalarimizga xalqaro maydonda yuksak faollik ko‘rsatganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz!