Xorijiy tajribalar almashish bugungi kun talabi
13.05.2025

27.04.2025 yildan 12.05.2025 yilga qadar bir guruh Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan rahbar xodimlar va professor -o‘qituvchilari Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida Finlandiya va Shvetsiya davlatlari tomonidan tashkil etilgan “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (ilmiy tadqiqot ishlarida innovatsiyalar)” yo‘nalishi bo‘yicha TIQXMMI-MTU professori Zuxra Ismailova malaka oshirish kursida o‘z malakalarini Finlandiyaning xalqaro reytingda TOP-500 talikka kirgan “YUVASKOLA” universitetida, Xelsinki poytaxtidagi eng yirik va eng qadimgi oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan, QS World University Rankings 2025-da 117-o‘rinni egallagan Xelsinki universitetida va 2025-yilgi reytinglarda universitet barqaror rivojlanish bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egallagan, Shvetsiya dunyodagi eng rivojlangan iqtisodiy tizimlardan biriga ega bo‘lgan dunyodagi eng yaxshi 100 universitet qatoriga kirgan. LUND universitetlarida xorijiy malaka oshirib keldi. Malaka oshirish bilan birga universitet ARM ini kitob javonlarini boyitish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun foydalanishi lozim bo‘lgan ilmiy jurnal va adabiyotlarni ARM rahbari Yahyouv Maqsudga topshirdi.
Z.Ismailova tomonidan malaka oshirishni samarali o‘tishidagi va tashkiliy masalalarda o‘z yordamini ayamaganligi uchun universitet rahbariyatiga katta minnatdorchilik bildirildi.