Ekologik ta’lim kuni

13.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  12-may – Ekologik ta’lim kuni munosabati bilan “Yashil yurak” jamiyati hamda “Ekologiya va huquq” fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbir mazmunan boy va juda qiziqarli bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida ekologiya va huquq bo‘yicha ta’lim, ekologiya va ingliz tili, bioxilma-xillik, ekologik video lavhalar namoyishi hamda ekologik xotirani yaxshilashga qaratilgan turli xil qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi.

  Ushbu tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shgan “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani Pirimov Xabibulla, “O‘qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi assistenti Yelmuratova Albina, koreyalik volontyorlarimiz Gayoung Kim va Seokyung Wee, hamda faol talabalarimiz Normamatov Yunus, Qurvonboyev Aslbek, Insaliyeva Samira, Boymirzayeva Madina, Athamov Saidvalikhon, Baxtiyorov Ibrohimlarga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz!

🌍 t.me/yashil_yurak_jamiyati_UZ 

📧 Bog‘lanish: @ZulfiyaKannazarova

"Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi assistenti Zulfiya Kannazarova