Talabalarning ijtimoiy faolligini baholashda indikatorlar va mezonlarni ishlab chiqish

12.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 12 may kuni universitetning Turon bank xonasida ma’naviyat sohasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan barcha xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

  Mazkur yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida” 2025 yil 10 martdagi 149-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faolligini aniqlash bo‘yicha baholash” Mezonlarini yuritishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.