Sankt-Peterburg davlat agrar universitetida master-klass darsi

02.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 Sankt-Peterburg davlat agrar universitetida master-klass darsi 

 Malaka oshirish kurslari doirasida professor Ilxom Abduraimovich Begmatov Sankt-Peterburg davlat agrar universiteti (SPbSAU) Qurilish, tabiatdan foydalanish va landshaft arxitekturasi Instituti talabalari va o‘qituvchilari uchun “Sug‘orish usullari, maqsadlari va ularni qo‘llash shartlariga ko‘ra differensiyalash” mavzusida master-klass o‘tkazdi.

  O‘z nutqini professor I.A. Begmatov “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining so‘nggi yillardagi faoliyati, uning nafaqat respublikada, balki dunyoda ta’lim va ilm-fan sohasidagi yutuqlari haqidagi ma’lumotlar bilan boshladi.

  Ma’ruza mavzusini professor I.A. Begmatov dunyoning har bir mamlakatida u yoki bu darajada mavjud bo‘lgan suv resurslari bilan bog‘liq mavjud global muammolar bilan bog‘ladi.

  Ma’ruzada I.A. Begmatov tomchilatib sug‘orishning eng istiqbolli va suvni tejaydigan usuli sifatida ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

  Ma’ruza yakunida talabalar va o‘qituvchilar taqdim etilgan ma’lumotlarning ahamiyatini ta’kidlab, O‘zbekiston Respublikasida suv-yer xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining ta’lim jarayoni to‘g‘risida bir qator savollar berdilar.

  Master-klass haqida ma’lumot SPbSAU veb-saytida joylashtirilgan https://spbgau.ru/press-center/news/for-students/professor-iz-uzbekistana-prochital-lektsiyu-v-spbgau/