Ochiq eshiklar kuni
01.05.2025

Joriy yilning 1 may sanasida universitetimiz qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining Oliy Ta’lim Maskanimizga tashrifi amalga oshirildi. “Ochiq eshiklar kuni” tadbiriga mazkur maktab direktori PhD Kurash Kubyashev , maktab bitiruvchilari bilan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurishdi.
Tadbir “Ingliz tili” kafedrasi, “Iqtisodiyot” fakulteti dotsenti Go‘zal Eshchanovaning universitetimizda faoliyat yuritayotgan “IELTS Xamkorlik dasturi” doirasida Britaniya Kengashi tashkilotining xalqaro imtihonlar tashkil qilinadigan 11-binoda yaratilgan shart-sharoitlarni tanishtirishdan boshlandi.
Shuningdek, universitetimizning Axborot-Resurs Markazi (ARM) bilan maktab bitiruvchilarini yaqindan tanishtirishga ARM direktori PhD Maqsud Yahyoyev yordam berib, elektron resurslar, raqamli kutubxonamizda kitobxonlar uchun mavjud imkoniyatlar va xorijiy Oliy Ta’lim Universitetlari bazalariga ulangan xalqaro platformalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Bundan tashqari, universitetimizdagi Abdulla Oripov nomli muzeyning barpo etilganligi, A.Oripov nomli bog‘ talabalar va professor-o‘qituvchilar tomonidan “Ilhom buloqlari” she’riy jamlanmalar xar yili chop etilishi an’anaga aylanganligini dotsentlar Go‘zal Eshchanova va Maqsud Yahyoyevlar batafsil ma’lumotlarni yetkazishdi.
Universitetimizda faoliyat yurituvchi “Offis Registrator” bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida maktab o‘quvchilaiizga kampusimizda qad rostlagan IT-park binosiga ekskursiya tashkil qilinib, qisqacha HEMIS platformasida o‘quv jarayonining yo‘lga qo‘yilganligi va xorijiy tajribalar ta’lim jarayoniga joriy qilinayotganligi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
So‘ngra universitetimizning eng faol fakultetlaridan biri bo‘lmish “Iqtisodiyot fakultetiga maktab bitiruvchilarning tashrifi tashkil qilinib, fakultet dekani Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, PhD Alimov Uchqun Zoyirovich maktab bitiruvchilarga hozirgi kunda universitetimizni respublika va jahon miqyosida egallab turgan mavqeyi, iqtisodiyot sohasida mavjud ta’lim yo‘nalishlari, xorijiy tajribalar, ta’lim almashinuvi doirasida bakalavr va magistr ta’lim bosqichlarida dunyoning turli nuqtalarida turli muddatlarga fakultet talabalarining yuborilganligi va turli xalqaro dasturlar doirasida, Double Degree dasturlar doirasida ta’lim dasturlari mavjudligini batafsil gapirib berdilar.
Shuningdek, dekan fakultetda “Yoshlar xonasi”, dekanat va dekan xonalariga maktab bitiruvchilarini taklif qilib, har bir bilim olishga intilgan yoshar uchun fakultetda yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini eslatib o‘tdilar.
Maktab bitiruvchilari Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Kasbiy Rivojlantirish Markazi”da ( B-korpus, 226-xona) trener Go‘zal Eshchanova tomonidan “TIQXMMI”Milliy Tadqiqot Universitetida mavjud ta’lim yo‘nalishlari, xorijiy hamkorlar, Xalqaro stipendiyalar tanlovlari, Britaniya Kengashi vakolatxonasi, IELTS hamkorlik dasturi doirasida tadbirlar, Vengriyaning Obuda Universiteti, Vengriya Stipendiyasi va bir qator ta’lim almashinuvi doirasida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tdi.Talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Umid qilamizki, bu kabi “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari jonajon universitetimizga zukko yoshlarni jalb qilishga, fakultetlarimizga bilimga chanqoq va serg‘ayrat talabalarni yangi o‘quv yiliga qabul qilishga zamin yaratadi.





