Mohir qo‘llar bellashuvi

01.05.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 30-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva, tyutor O.Abdullayeva va  2-Talabalar turar joyida  istiqomat qilayotgan talaba-qizlar ishtirokida “MOHIR QO‘LLAR BELLASHUVI”  tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda talaba-qizlarimiz “Eng chiroyli munchoqli (besserli) alcsessuarlar”, “Eng chiroyli so‘zanalar (kashtali qo‘roqli)” nomli nominatsiyalarida ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar. Faol qatnashgan talaba-qizlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

QXM” fakulteti  Xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva, tyotor O.Abdullayeva axboroti

Universitet matbuot xizmati