Xorijiy tajribalar, davr talabi
28.04.2025

Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan rahbar xodimlar va professor -o‘qituvchilari Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida Finlandiya va Shvetsiya davlatlari tomonidan tashkil etilgan “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (ilmiy tadqiqot ishlarida innovatsiyalar)” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursida o‘z malakalarini Finlandiyaning xalqaro reytingda TOP-500 talikka kirgan “YUVASKULA” universitetida malaka oshirish mashg‘ulotlari va amaliyotlarining birinchi kuni boshlandi.
Ushbu malaka oshirish jarayonida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Ismailova Zuxra Karabayevna ham o‘zining soha yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etmoqda. Mazkur malaka oshirish jarayoni may oyining 2025-yilning 13-sanasiga qadar Finlandiya, Shvetsiya davlatlarida davom etadi







