Elektr uskunalar ekspluatatsiyasi va energiya tejamkorlik amaliyoti sohasida hamkorlik kelishuvi
28.04.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, hamda 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-42-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qator yangiliklarni hayotga tatbiq etmoqda.
Xususan, “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi bilan hamkorlikda:
- 60810500 – Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi,
- 70710704 – Elektrotexnologik jarayonlar va qurilmalar (tarmoqlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi
bo‘yicha tahsil olayotgan talaba va magistrantlar uchun kasbga yo‘naltirish tizimi joriy etildi.
Ushbu tizim bitiruvchilarimizga:
- O‘z iqtidori va qiziqishiga mos kasbni tanlash,
- Mehnat bozorida munosib o‘rin egallash,
- Kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi vaqtda ushbu islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida “Tashkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi bilan hamkorlikda bir nechta ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Kasbga yo‘naltirish va malaka oshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Bu esa universitetimiz bitiruvchilarining mehnat bozorida raqobatbardosh va zamonaviy talablar asosida tayyorlangan mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.



