Xalqarolashtirish oliy ta’lim muassasalari faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir
28.04.2025

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti «Irrigatsiya va melioratsiya» kafedrasi mudiri, professor Ilhom Abduraimovich Begmatovning Sankt-Peterburg agrar universitetiga (SPbDAU) tashrifi davomida mezbon universitet rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi: Ilmiy, innovatsion va xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor Roman Olegovich Kolesnikov, veterinariya fanlari nomzodi; O‘quv-uslubiy markaz direktori Sergey Ivanovich Lugovskoy, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent; Sankt-Peterburg davlat agrar universiteti qurilish, tabiiy0 sharoitlarni yaxshilash va landshaft arxitekturasi instituti direktori, Aleksandr Alekseevich Petrov, professor, iqtisod fanlari doktori, texnika fanlari nomzodi.
Har ikki universitet vakillari o‘z ta’lim muassasalari haqida ma’lumot berib, muassasalar faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar. Ikkala universitet ham boy tarixga ega: o‘tgan yili SPbDAU o‘zining 120 yilligini, «TIQXMMI» MTU esa 90 yilligini nishonladi.
Muhokama davomida professor Petrov A.A. 2025-2026 o‘quv yilida Sankt-Peterburg davlat agrar universitetining qurilish, tabiiy sharoitlarni yaxshilash va landshaft arxitekturasi instituti mintaqa uchun yangi ta’lim yo‘nalishi “Gidromelioratsiya” bakalavriatini ochayotgani va talabalarni o‘qishga qabul qilishni e’lon qilayotgani haqida ma’lumot berdi.
«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilarining malaka darajasini, shuningdek, to‘plangan xalqaro tajribasini e’tirof etgan holda, professor Petrov A.A. ta’lim dasturlari bo‘yicha «TIQXMMI» MTU hamkasblari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Professor Begmatov I.A. xalqaro hamkorlik har ikki universitet uchun ham ko‘plab istiqbollarni ochib berishini ta’kidladi. Xalqarolashtirish ilmiy aloqalarni mustahkamlashni nazarda tutadi va turli sohalarda yangi qo‘shma dastur va loyihalar, jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlari, talabalar almashinuvi dasturlari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqish uchun salohiyat yaratadi.



