“Gidrotexnika qurilishi” fakultetida “IELTS partnership program” dasturi doirasida MOCK IELTS tashkil qilindi

28.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 26-aprel sanasida “IELTS partnership program” asosida “TIQXMMI”Milliy Tadqiqot Universiteti, “Gidrotexnika qurilishi” fakultetida universitet talabalari uchun Mock IELTS (paper-based) tashkil qilindi.

  Ushbu xalqaro imtihon Britaniya Kengashi bilan xalqaro loyiha doirasida tashkil qilingan “Kasbiy Rivojlantirish Markazi” ning fakultet filiali B-Korpus, 226-xonada “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go‘zal Eshchanova tomonidan tashkil qilindi.  Ushbu tadbir “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani PhD, dotsent L.Babajanov tashabbusi bilan tashkil qilinib, undan ko‘zlangan maqsad fakultet talabalarning xalqaro sertifikat olishlari uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga qaratilgan edi.

  Mazkur tadbirni “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani PhD, dotsent L.Babajanov ochib berib, talabalarga hozirgi kunda universitetimizning QS va THE Jaxon universitetlari Reytinglarida yildan yilga yuqori pog‘onalarga ko‘tarilib borishi zamirida universitet rahbariyati va universitet jamoasining tinimsiz izlanishlari va yuksak qadrlashga arzigulik fidoiy mehnatlari va sa’yi harakatlari yotganligini yana bir bora talabalarga ta’kidlab o‘tdilar. Shuning dek, xalqaro IELTS sertifikatini egallash orqali xorijga stajirovkaga tashrif buyurish, xorijiy tajribalarni o‘rganish va jamiyat rivoji uchun hissa qo‘shishga tayyor kadrlar bo‘lib yetishish uchun har bir talaba o‘z ustida muntazam ravishda ishlashi va izlanishi lozimligini yana bir marotaba ta’kidlab o‘tdilar. 

  Bundan tashqari, xorijiy tillarni mukammal egallash orqali yuqori natijalarga esirishga zamin yaratishini yana bir bora ta’kidlab o‘tishdi. Talabalarini mazkur MOCK IELTSda faol qatnashishda guruh talabalaridan ingliz tilini yuqori darajada o‘zlashtirgan yoshlarni jalb qilishga va Listening, Reading, Writing komponentlar bo‘yicha imtihon materiallarini tayyorlashda “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani PhD, dotsent L.Babajanovning ko‘rsatgan jonbozliklari tahsinga sazovordir.  

  Mock IELTS boshlashdan oldin talabalarga dotsent Go‘zal Eshchanova tomonidan IELTS imtihonida amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar batafsil tushuntirildi.Talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Universitetimiz talabalariga Britaniya Kengashi bilan yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro hamkorlik va universitetimizda o‘tkazilayotgan imtihonlar, imtihon topshiruvchilarga berilgan imtiyozlar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.   

  Mock IELTSda universitetimizdan asosan “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti  talabalari va universitetning boshqa fakultetdan yoshlar ishtirok etishganligi barcha til o‘rganayotgan, ingliz tili ko‘nikmalarini muntazam ravishda oshirib borayotgan nomzodlarga ajoyib motivatsiya bo‘ldi.

  Listening (Tinglab tushunish), Reading (O‘qish) va Writing (Yozish) til komponentlarini yanada rivojlantirish orqali IELTS xalqaro standartlariga to‘liq javob berish hozirgi kundagi yoshlarga jamiyat oldida qo‘yilayotgan talab va ehtiyojni bir namunasidir.  

  Umid qilimizni, bu kabi tadbirlar universitetimizda tez-tez tashkil qilinib, xorijiy til ko‘nikmalarini oshirish ustida ishlayotgan nomzodlarimizga  ko‘zlagan natijalarini egallashlarida yaqindan ko‘mak beradi, tez kunlarda Mock IELTS natijalari qatnashuvchilarga e’lon qilinadi.

  Ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil qilishda o‘zlarining beg‘araz yordamlarini ayamagan “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani fakultet PhD, dotsent L.Babajanovga o‘zimizning samimiy minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.