Pedagogik mahorat - ta’lim tizimining o‘zagi va o‘zani

28.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 Dunyo ta’lim tizimida ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar, loyihalar olib borilmoqda, ayniqsa pedagogik kasbiy tayyorgarlikning barcha komponentlarini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.

  Ayniqsa, texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda ularni innovatsion ta’lim texnologiyalari, o‘qitishning yangi, innovatsion shakl, metod va vositalari bilan tanishtirish, bo‘lajak pedagoglarda kasbiy mahorat sifatlari va kreativ qobiliyat mohiyati bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga ega.

  Ayni paytda “Professional ta’lim (Yer kadastri va yer tuzish)” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari “Professional ta’lim” kafedrasi dotsenti Durdona Mustafoyeva bilan amaliy mashg‘ulotda o‘zlarining pedagogik mahoratlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali yanada mustahkamlash, o‘quvchilarga darsga kreativ yondoshish sirlari hamda ma’lumotlarni auditoriyaga qiziqarli tarzda yetkazish qobiliyatlarini o‘zlarining ijodiy mehnatlarida sinab ko‘rmoqdalar.

  Bo‘lajak o‘qituvchilarga kelgusida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Universitet matbuot xizmati