Korrupsiyasiz ta’lim
28.04.2025

Joriy yilning 26-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i tomonidan “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti sirtqi bo‘lim boshlig‘i, muovini va metodistlari bilan manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaviy xavf-xatarlar, ularni keltirib chiqaruvchi omillar va shu kabi holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Gapparov Akbar Umirovich o‘qituvchilarga ta’lim jarayonidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar, ularni keltirib chiqaruvchi omillar va shu kabi holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tegishlicha ma’lumot berib o‘tdi.
Suhbat jarayonida davlatimizdagi olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar va korrupsiyaviy holatlarni aynan keltirib chiqaruvchi omillarga alohida to‘xtalib o‘tildi.



