Qozog‘istonlik doktorantning ilmiy stajirovkasi

26.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 25-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida, M. Auezova nomli Janubiy Qozog‘iston universtetining 3-kurs doktoranti Bayjanova Sh. B. ilmiy stajirovkadan o‘tishda stajirovka o‘tish davrida ilmiy rahbari etib “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi, I. R. Nuritov tainlandi.

  Amaliyotning asosiy maqsadi funktsional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalar sohasidagi ilmiy bilimlarni chuqurlashtirish, tadqiqot metodologiyasini takomillashtirish, empirik ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, shuningdek, ushbu sohadagi xorijiy mutaxassislar bilan ilmiy aloqalarni o‘rnatish edi. 

  Universitet bilan tanishishni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor B. Xudoyarov universitet tuzilmasi, talabalar va professor-o‘qituvchilarning so‘nggi yutuqlari bilan tanishtirdi, universitet 2025- yilgi QS global reytingida 547-o‘rinni va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari orasida birinchi o‘rinni egallaganligi haqida tushintirib o‘tdi. 

  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor t.f.d., Sh. S. Shokirov universitetning ilmiy yo‘nalish, qandat ilmiy-tadqiqot laboratoriyalariga ega ekanligi bilan tanishtirdi. 

  Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultet dekani dotsent t.f.n., K. A. Shavazov va “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi mudir dotsent M. O. Amonov bilan kafedra professor-o‘qituvchilari jamoaning o‘quv-uslubiy ishlari va fakultetning yetakchi olimlarining ilmiy yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. 

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi dotsenti t.f.n., I. R. Nuritov axboroti