ERASMUS+ dasturi asosidagi debseuz loyihasining 7-onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
26.04.2025

“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar” vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta (Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid) universitetlari hamkorligidagi “Erasmus+ KA2 Capacity Building project” loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining 7-onlayn uchrashuvi 2025 yil 23 aprel sanasida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishdan asosiy maqsad, o‘tgan bir yil davomida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish, shuningdek asosiy maqsadlardan biri laboratoriya stendlarini sotib olish bo‘yicha muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlandi. Yig‘ilish davomida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari tomonidan yangi tayyorlangan o‘quv qo‘llanma va sillabuslar o‘zaro muhokama qilinib, kerakli bo‘lgan takliflar berildi. Qolaversa, 2 ta oliy ta’lim massasida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan innovatsion markaz uchun sotib olinishi zarur bo‘lgan asbob-uskunalar xarid qilish masalalari ham muhokama qilindi.
Ushbu loyiha doirasidagi uchrashuv ko‘tarinki ruhda, do‘stona ruhda o‘tdi va loyihaning kelgusidagi ishlarini izchil amalga oshirishga turtki bo‘ladi.
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi
Universitet matbuot xizmati



