Mergan sport musobaqasi – do‘stlik, mahorat va g‘alaba ruhi
26.04.2025

Joriy yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida harbiy-sport yo‘nalishida tashkil etilgan “Mergan” musobaqasi o‘tkazildi.
Tadbir doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining “Qalqon” jamoasi bilan do‘stona “O‘rtoqlik uchrashuvi” o‘tkazildi.
Ushbu bellashuv sport orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, shuningdek, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqada har ikki oliygoh talabalari faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Shuni ta’kidlash lozimki, qizlar jamoalari ham bellashuvda o‘zining yuqori faolligi va mahoratini namoyish etib, bir qator faxrli o‘rinlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur musobaqa nafaqat sport, balki do‘stlik va hamkorlikning amaliy ifodasi bo‘lib, talaba-yoshlar hayotida unutilmas taassurot qoldirdi.





