Nazariy bilimlarni mustahkamlash
26.04.2025

“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasining professori P.Kalandarov va assistenti A.Abdug‘aniyev boshchiligida kafedraga tegishli “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari “Texnologik nazorat asboblari va usullari” fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlash maqsadida “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti”ga tashrif buyurdilar.
Tashrif jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bunday tadbirlar bo‘lajak mutaxassislarga bilimlarini chuqurlashtirish va talabalarning nazariy bilimlarini amalda qo‘llanish, ishlatilishni zamonaviy texnologiyalarning ishlashini amaliy tarzda ko‘rish imkonini beradi.





