Universitetimizda Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti magistrantlari stajirovkada

25.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 21-apreldan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti o‘rtasidagi kelishuv asosida akademik mobillik bo‘yicha “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” va "Umumtexnik fanlar" kafedralarida qozog‘istonlik bir guruh magistrlarning ikki haftalik stajirovkasi tashkil etildi.

  Hozirda talabalar kafedralarning professor-o‘qituvchilari boshchiligida qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari sohalari bo‘yicha universitetda va boshqa hamkor tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tishyapti.

  Talabalar stajirovkaning birinchi haftasida tashkil etilgan ishlar va tadbirlardan mamnun bo‘lib, o‘zlari uchun yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishayotganligini ma’lum qilishmoqda.

"Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi assistenti Zulfiya Kannazarova