Universitetimizda xalqaro tadbir doirasida Koreyalik vakillar tomonidan seminar-treyning tashkil qilindi

24.04.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

Joriy yilning 23 aprel sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga xalqaro grant doirasida Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti vakillari tashrif buyurishdi.

Ma’lumki, “Xalqaro hamkorlik sohasidagi yetakchi universitet” granti dasturi bo‘yicha “Education Competency Enhancement Project Mechatronics Technicum at “TIIAME” National Research University in Uzbekistan” (01.04.2024-31.03.2029) xalqaro loyiha o‘z faoliyatini 2024 yil 1 aprel sanasidan boshlagan edi.

Mazkur xalqaro loyixa doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining rektorat binosi Asosiy Majlislar zalida Janubiy Koreyalik vakillar tomonidan seminar-treyning tashkil qilindi.

Seminar-treningni Janubiy Koreyaning “InsolMnT” kompaniyasi vakili Kim-In-chul, “Double M Social”kompaniyasinining vakili Kim Sun-mi tomonidan qilingan taqdimotlarda Start up loyixalar yozish, tadbirkorlik ko’nikmlarni rivojlantirish, Informatision Texnologiya bo’yicha bilim va ko’nikmalarni oshirishga qaratilgan sermazmun taqdimotlar tinglandi.

Tadbirda universitetimiz fakultetlaridan tutorlar, kafedra professor-o’qituvchilari, talabalar, Yoshlar ittifoqi a’zolari, universitetimizga biriktirilgan maxallalardan tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan ayollar, talaba qizlar, ayyol professor o’qituvchilarva turli tashkilot vakillari qatnashishdi.

 Mazkur tadbirda Keymyung Kollej Universitetining “Sanoat-Universitet xamkorligi ofisi” dekani Prof. Kim Jae-hyun, Xalqaro masalalar bo’yicha prorektor Prof. Shun-Ki-dong, Xalqaro masalalar bo’yicha dekan Prof. Kim Min-kyung, loyixa boshqaruvchisi Prof.Lee Sang-seog, loyixa koordinatori Prof.Lee Dong-jun, loyixa administratori Nam Ji-sung, Professional Ko’nikmalar Markazi Samarqand filiali vakili Mansur Kamolovlarning ham qatnashishdi.

Mazkur tadbirda universitetimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Sh.S.Shokirov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’I S.Norimov, “Iqtisodiyot” fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini U.Xolyorovlar ham faol qatnashishdi. 

Ushbu Seminar-treyningni yuqori saviyada tashkil qilishda qo’ldan kelgancha jonbozlik ko’rsatgani uchun tadbir yakunida Janubiy Koreyalik vakillarimiz loyixa a’zosi Go’zal Eshchanovaga o’zlarining tashakkurini ifodalashdi.

Mazkur tadbirda qatnashuvchilarga Janubiy Koreyaning turli xalqaro platformalari orqali Start up loyixalarda faol qatnashish va tadbirkorlik bo’yicha samarali faoliyatni yolga qo’yish, mamlakatimizda yoshlar, talaba qizlar va ayollarni daromadlarini oshirish, gender tenglik, xalqar loyixalarda qatnashish  va IT ko’nikmalarni rivojlantirish kabi masalalarni takomillashtirish bo’yicha ham taklif va tavsiyalar berib o’tildi.   

Shuningdek, universitet dotsenti Go‘zal Eshchanova esa universitetimizda “Raqamli Ta’lim Innovatsiya Servis Markazi” DEISC (Digital Education Innovation Support Centre) ni tashkil qilish bo’yicha olib borilayotgan ishlar, markaz faoliyatini tog’ri tashkil qilishda ajratilgan xonalarga Janubiy Koreyadan keltirrilishi rejalashtirilgan zamonaviy jixozlarni o’rnatish, mamlakatimizda  talaba qizlar, ayol professorlar va maxallalarning ayol fuqarolarini ham ushbu markazga jalb qilish orqali ularning yashash sharoitlarini yaxshilash,  daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirishda Janubiy Koreyaning ilg’or tajribasidan foydalanish,  Start-up loyixalarda va IT ko’nikmalarni takomillashtirish kabi muxim masalalalarga atroflicha to’xtalib o’tdi.

Ishonamizki, xalqaro loyixalar doirasida tashkil qilingan bu kabi xalqaro nufuzdagi seminar-treninglar istiqboldagi rejalarga ahil jamoa sifatida yondashib, bir qator yutuqlarga erishishda o‘zining ijobiy natijalarini beradi.


O‘zbekistonda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv ehtiyojlari so‘rovi

 우즈베키스탄 디지털 역량 강화 교육 수요조사