22 Aprel – Butunjahon Yer Kuni munosabati bilan “Yashil Yurak” jamiyati tomonidan o‘tkazilgan tadbir haqida

22.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  22 aprel – Butunjahon Yer Kuni munosabati bilan universitetimizda “Yashil Yurak” jamiyati tomonidan yuksak saviyada va ko‘tarinki ruhda ekologik tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida Koreya Respublikasidan faxrli mehmonlar tashrif buyurishdi. Ular bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ekologik bilim va tajribalarni almashish, barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

  Koreyalik mehmonlarimiz va “Yashil Yurak” jamiyati a’zolari o‘rtasida samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar universitetimizda amalga oshirilayotgan ekologik tashabbuslar bilan yaqindan tanishib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv davomida ular jamiyatimiz faoliyatidan hayratda qolganliklarini ta’kidlab, o‘zlari ham “Yashil Yurak” jamiyatining do‘stlari safidan joy olish istagini bildirishdi. Bu esa kelgusidagi hamkorlik uchun yangi eshiklarni ochadi.

  Tadbirda Ekologiya va huquq fakulteti talabalari faol ishtirok etdilar. Ular uchun ekologik ongni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va global ekologik muammolarga yechim topish borasida foydali va qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Talabalar nafaqat bilimga ega bo‘lishdi, balki kelajakda ushbu yo‘nalishda qanday amaliy ishlar qilinishi mumkinligi haqida ham fikr almashishdi.

  Kelgusi tashabbuslarimiz haqida qo‘shimcha ma’lumot berish va jamiyatimiz faoliyatiga qo‘shilish uchun biz bilan bog‘laning!

📅 Tafsilotlar va yangiliklar uchun:

🌍 t.me/yashil_yurak_jamiyati_UZ 

📧 Bog‘lanish: @ZulfiyaKannazarova

"Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi assistenti Zulfiya Kannazarova