"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti uchun ulkan sharaf — Nobel mukofoti sohibi akademik jamoamiz a’zosi bo‘ldi

20.04.2025

#Rektordan #Yangilik

  Katta hurmat va ehtirom bilan ma’lum qilamizki, 2025 yil 14  apreldan boshlab Niderlandiya Qirolligidan kelgan, ekologik axborot texnologiyalari sohasida dunyoga mashhur olim, Nobel mukofoti laureati(2007 y.) professor Henricus Balthasar Joseph Leemans "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida o‘z faoliyatini boshladi.

  Professor Henricus Balthasar Joseph Leemans o‘z tashabbusi bilan universitetimizda to‘liq shtatga professor lavozimida faoliyat yuritishni qabul qildi. Uning tashrifi va ilmiy ko‘magi ekologik monitoring, barqaror rivojlanish va geoaxborot texnologiyalari sohalaridagi tadqiqotlarimizni yangi bosqichga olib chiqishi shubhasizdir.

  Bu voqea universitetimiz nufuzini jahon miqyosida yanada oshib borayotganidan dalolat beradi.

  Professor Henricus Balthasar Joseph Leemans bildirgan ishonchlari va O‘zbekiston ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shmoqchi bo‘lgan hissalari uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.