Milliy liboslar–millatimiz ko‘rki

17.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik


   Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi. Liboslar turli etnik belgilari bilan ham ajralib turadi. Dunyo tarixida kiyim insoniyat taraqqiyotining eng qadim davrlarida, ya’ni 40-25 ming yil ilgari paydo bo‘lgan bo‘lib, ularda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go‘zallik va nafislikka intilishlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda mana shu uzoq tarixni bosib o‘tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so‘zlaydigan milliy liboslarimizni targ‘ib etish milliyligimizni saqlab qolish bilan bog‘liqdir. 

  Shu bilan birga  milliy liboslarimiz o‘ziga xos betakrorligi  bilan asrlar osha davom etaveradi.

YRK fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova  va tyutоr M.Turg‘unovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati