Ta’lim va innovatsiyada 90-yillik muvaffaqiyatli tarix

12.04.2025

#Rektordan

  Joriy yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti o‘zining 90-yillik sharafli yubileyini nishonlamoqda. Bu sana bizning bilim, ilmiy taraqqiyot va milliy rivojlanishga qaratilgan uzluksiz sa’y-harakatlarimizning yuksak ramzidir.

  1934-yilda asos solingan TIQXMMI bugungi kunda xalqaro maydondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri sifatida tan olingan:

  • QS World University Rankings 2025 – #547
  • Times Higher Education Rankings 2024 – #601

  Yubiley munosabati bilan oliy ta’lim sohasida milliy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbuslar amalga oshirildi:

  Germaniyaning ASIIN Creation Agency mutaxassislari ishtirokida respublikadagi OTMlar uchun salohiyatni oshirish bo‘yicha seminarlar tashkil etildi. TIQXMMI tajribasi xalqaro akkreditatsiya sari yo‘lda namunaviy model sifatida namoyon etildi.

  Shuningdek, xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi:

  “Globallashgan dunyoda oliy ixtisoslashtirilgan ta’lim va fanni rivojlantirishdagi muammo va istiqbollar”, unda dunyo miqyosidagi yetuk mutaxassislar, ilmiy yetakchilar va diplomatik doira vakillari ishtirok etdilar.

  Ushbu tadbirga qariyib 20 dan ortiq davlatlardan – Yevropa Ittifoqi, Fransiya, Germaniya, Bangladesh, Xitoy, Vengriya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Turkiya, Belarus, Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Hindiston, Eron, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan elchi janoblari, konsullik rahbarlari, 100 ga yaqin xorijiy olimlar hamda yuksak ilmiy mukofotlar – Nobel, Zayeb, Mustafa laureatlari tashrif buyurdilar.

  Bu ham Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiga bildirilgan samimiy ehtirom belgisi deb bilaman.

  Shuningdek, biz mehmonlarimizga chuqur hurmat va samimiy minnatdorlik bildiramiz. Ulardan ayrimlari:

  • Qo‘ng‘ratboy Sharipov – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
  • Shavkat Hamrayev – Suv xo‘jaligi vaziri
  • Ibrohim Abdurahmonov – Qishloq xo‘jaligi vaziri
  • Akademik Shavkat Ayupov – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti
  • Ahilbek Qo‘rishboyev – Qozog‘iston Milliy Fanlar akademiyasining prezidenti va KazNAU rektori, akademik 
  • Janobi oliylari Toyvo Klaar – YEI elchisi
  • Sergey Xristuplyubov – QS Quacquarelli Symonds
  • Fil Beyti – Times Higher Education
  • Prof. doktor Ulrix Hays – ASIIN, Berlin Texnik universiteti
  • Va SUEZ International hamda ko‘plab xalqaro hamkorlar

  Mehmonlarimiz tashrifi va faol ishtiroklari mazkur anjumanni yanada mazmunli va yuksak darajada o‘tkazishga xizmat qildi. Bu ham Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiga bildirilgan samimiy ehtirom belgisi deb bilaman.

  Bu tarixiy sana faqat o‘tmishga nazar solish emas, balki kelajakka qarab, xalqaro hamkorlik, ta’limda sifat va fan-ilmda yangi cho‘qqilar sari yurishga da’vatdir.

Hurmat bilan, Bahodir Mirzayev "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori