Toshkent globusida ko‘chma amaliy mashg‘ulot
11.04.2025
Relyefli-landshaftli Toshkent globusi geografiya kabi dunyoviy bilimlarning haqiqiy manbai. Yer resurslari va kadastr fakulteti talabalari O‘zbekiston geografiyasi fanidan o‘lka tabiatini hamda geografiyasini yaqindan obrazli-modelli o‘rganish va qo‘llash maqsadida O‘zbekiston milliy universitetini Geografiya va geoaxborot tizimlari fakultetida bo‘ldilar.
Relyefli landshaftli Toshkent globusi haqida eshitmagan odam topilmasa kerak. TIQXMMI-milliy tadqiqot universiteti 2-kurs 212 va 109-guruh kartografiya va masofadan zondlash yo‘nalishi talabalari bilan 11-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetiga Toshkent relyefli landshaftli globusini ko‘rish va uni yordamida ona Zaminimizni masofadan zondlashga doir hamda geodeziya, kartografiya va kadastr sohalarida olgan bilimlarini hamda dunyoqarashini oshirish maqsadida ekskursiya tashkillashtirildi. Unga kafedra dotsenti O.Ro‘ziqulova rahbarlik qildi.
Talabalar Hamidulla Hasanov nomidagi o‘quv-uslubiy xonada relyefli landshaftli Toshkent globusi yordamida yer yuzasidagi qonuniyatlarni anglash, tabiiy geografik jarayonlarni o‘rganish, globusning Toshkentga keltirilishi va globusdan ma’lumotlar olish yo‘llarini o‘rgandilar. Yil fasllarini almashinishini har faslda Yer planetasiga Quyosh nurlari qaysi tomondan turishiga ko‘ra farqlanishini obrazli tushunib oldilar. U yerda ularga professor M.Mirakmalov yaqindan yordam berdi.
“O‘zbek Magellani” nomini olgan H.Hasanov Antarktidadan tashqari barcha materiklarda bo‘lib, yer yuzasi tabiatini shaxsan ko‘rgan va his qilgan. Olim har yili ta’til vaqtida yirik kutubxonalar joylashgan shaharlarga sayohatni rejalashtirgan. Abu Rayhon Beruniyning ulkan globusini qayta tiklash g‘oyasi va relyefli landshaftli globusini yaratilishiga hamda O‘zbekistonga keltirilishiga sabab bo‘ldi.
Kattaligi bo‘yicha 3-o‘rinda hamda aniqligi bo‘yicha 1- o‘rinda turadigan Toshkent globusi yordamida tabiiy geografik qonuniyatlar sabablari, sathay sirt, sahro va cho‘llarni farqlarini bilib oldilar. Talabalar globus yordamida turli o‘lchash ishlarini olib borish, yerdagi qonuniyatlarni obrazli o‘rganish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Toshkent globusi 1979-1984 yillarda Perm shahridagi o‘quv jihozlari yasash laboratoriyasida avtohalokat sababli ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan Oshev tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan. Globusni yasashda 200 dan ortiq aerokosmik suratlardan foydalanilgan.
Globus yuzasi 13 metr kvadrat bo‘lib, gorizontal masshtab 1:200 000, vertikal masshtab, 1:7 000 000. Og‘irligi shar-240 kg, tagligi 250 kg ni tashkil qiladi.
O‘tkazilgan ekskursiyaning amaliy ahamiyatini oshirish maqsadida keyingi darsda “O‘lkamizni masofadan zondlashda ekskursiyaning o‘rni” mavzusida guruhlar o‘rtasida bilimlar musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirildi. Bu orqali sayohatlarni amaliy ahamiyatini oshirish ko‘zda tutilgan.
Professor M.Mirakmalov Relyefli-landshaftli Toshkent globusidan olgan bilim va ko‘nikmalaridan keyin, aerosuratlarni deshifrovkalashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Ma’lumotlar geodeziya va geoinformatika kafedrasi dotsenti O.Ro‘ziqulova va universitet matbuot kotibi tomonidan tayyorlandi.