Milliy libos - millat ko‘rki

08.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Milliy libos – xalqimizning tarixi, qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. Milliy liboslarimiz nafaqat rang-barang, nafis va naqshinkor, balki ulardagi har bir naqsh – boy tariximiz, ajdodlarimiz hikmatlari, hududlarimiz betakror tabiati ifodasidir. Atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. Atlas va adras targ‘ibotini kuchaytirish, o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida, joriy yilning 7-aprel sanasida “TIQXMMI” MTU “Gidromelioratsiya” fakultetining talaba qizlari  ishtirokida “Milliy libos – millat ko‘rki” shiori ostida chellenj o‘tkazildi. Chellenjni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad,  har  bir  millat  o‘ziga xos kiyinish madaniyatiga ega ekanligini bizning milliy kiyimlarimiz dunyoning qay burchagida bo‘lmasin har qanday xalqning havasini keltirib o‘ziga mahliyo qilishini, chiroyimizga chiroy,  ko‘rkimizga ko‘rk qo‘shadigan milliy liboslarimiz qadrini baland tutish kerak ekanligini targ‘ib qilishdan iborat.

“Gidromelioratsiya” fakulteti dekan maslahatchisi Z. Beknazarova, fakultet tyutori G. Axmedjanovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati