ASIAN JAM MCHJga tashrif

07.04.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 2025-yil 5-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi katta o‘qituvchi A.Ibragimov, assistent E.G‘aniboyeva, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 60811300-“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” (mahsulot turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 207-guruh talabalari o‘quv tanishuv amaliyotini 5+1 dasturiga asosan “ASIAN JAM”MCHJga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida “ASIAN JAM”MCHJning bosh mutaxassisi Xusan Mirmuxamedov korxonani ichki-tartib qoidalari, texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirdi. So‘ngra katta o‘qituvchi Alisher Ibragimov korxonadagi ishchi jihoz va qurilmalarni ishlash tartibi bilan tanishtirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

“T va A” kafedrasi katta o‘qituvchi A.Ibragimov, assistenti E.G‘aniboyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati